OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa hamda Ravshan Ermatov oʻrtasida telefon orqali suhbat boʻlib oʻtdi.
Suhbat boshida Shayx Salmon Ravshan Ermatovni yangi lavozim bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi ishlarida omad yor boʻlishini tiladi.
Suhbat davomida Osiyo futbol konfederatsiyasi hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish haqida gaplashildi. OFK Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish uchun har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekani maʼlum qilindi.
Shuningdek, tomonlar turli dolzarb masalalar boʻyicha fikr almashishdi hamda kelgusi rejalarni muhokama qilishdi. Oʻzaro doʻstona aloqalarni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini ham bildirib oʻtishdi.
Shayx Salmon va Ravshan Ermatov turli yangi loyihalar va dasturlarni amalga oshirish uchun har tomonlama hamkorlikni kuchaytirishning ahamiyati yuqoriligini alohida taʼkidlashdi hamda ikki tomon uchun manfaatli boʻlgan oʻzaro ishonchni yangi bosqichga olib chiqish borasida kelishib olishdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi