06:34 / 21.06.2019
3 157

OAV: «Real» Neymar uchun taklif jo‘natdi

OAV: «Real» Neymar uchun taklif jo‘natdi
«PSJ» hujumchisi Neymar hamon «Real»ning ham diqqat markazida bo‘lib turibdi.

AS nashri xabar berishicha, Madrid klubi 27 yoshli braziliyalik hujumchi uchun 130 mln yevro va o‘z futbolchilaridan Xames Rodriges yoki Garet Beyldan birini berishga tayyor.

Mundo Deportivo nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Qirollik klubi»da Neymarga yiliga 30 million yevro miqdorida maosh to‘lanishi mumkin. «Real» prezidenti Florentino Peresning hisoblashicha, bu futbolchi klubga maydonda ham, marketing tomondan ham katta foyda keltirishi mumkin.

Bundan avvalgi xabarlarda Neymarning agenti uni Ispaniyaga qaytarish ustida ish boshlagani aytilgan edi. Shuningdek, futbolchining o‘zi «PSJ» rahbariyatiga «Barselona»ga qaytmoqchi ekanini aytgani ham ma’lum qilingan.

«Barselona» Neymarni qaytarish uchun «PSJ»ga bir necha futbolchisini berishga tayyor.

Le Parisien gazetasi Parij klubi Neymar uchun 300 mln yevro narx belgilagani haqida xabar tarqatgan.

Yakunlangan mavsumda Neymar parijliklar klubi safida 28 o‘yinda maydonga tushdi va 23 gol urib, 13 golga uzatma berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OAV: «Real» Neymar uchun taklif jo‘natdi