21:38 / 21.06.2019
4 504

Shahram G‘iyosov Fazliddin G‘oyibnazarovning mag‘lubiyati haqida gapirdi (video)

Shahram G‘iyosov Fazliddin G‘oyibnazarovning mag‘lubiyati haqida gapirdi (video)
Foto: Instagram / @wonderboy_giyasov
Chempion Shahram G‘iyosov «Daryo» internet-nashri uchun intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Suhbat davomida Shahram G‘iyosov Fazliddin G‘oibnazarov Maykl Foksga jangni boy bergani, buning sabablari haqida gapirdi.

Mening fikrimcha, bo‘yi pastlik qilgan. Fazliddin G‘oibnazarovning bo‘yi 1,68 yoki 1,70 bo‘lgan, raqibiniki esa 1,94 edi. Bu katta farq. Har bir sportchi birinchi o‘rinda o‘ziga ishonmasa, hech qachon raqibiga qarshi urisha olmaydi. Fazliddin G‘oibnazarov o‘ziga ishongan, ancha mehnat qilgan edi. Ammo ringga chiqqach teng kurash bo‘ldi. Endi baribir AQShda bunaqa jang uchun bizga hech kim g‘oliblikni bermaydi. Biz har doim mehmonda jang qilamiz. Chunki bizning yurtimiz O‘zbekiston, Amerika emas. Biz Amerikada jang qilayotganimizda raqibimizdan bir kalla, bir baravar kuchliligimizni isbotlay olmasak, jangda g‘oliblikni niyat ham qilishimiz kerak emas. Bokschimizning xatosi nimada ekanligini bilmayman. Fazliddin G‘oibnazarov aslida mehnatsevar inson. Menimcha, u yanada ko‘proq mehnat qilishi kerak. Bunaqa bo‘yi baland sportchini yutish uchun yana besh karra ko‘proq mashg‘ulot o‘tkazmasa g‘olib bo‘lish qiyin, uning raqibi ham yaxshi boskchi edi.

Shahram G‘iyosov, bokschi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov Fazliddin G‘oyibnazarovning mag‘lubiyati haqida gapirdi (video)