08:43 / 28.06.2019
2 789

«Binokor» xokkey klubi Qozog‘iston chempionatida ishtirok etadi

«Binokor» xokkey klubi Qozog‘iston chempionatida ishtirok etadi
Toshkentning «Binokor» xokkey klubi Qozog‘iston chempionatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar beradi Kun.uz nashri.

Avvalroq, Toshkentning «Humo» xokkey klubi Rossiyaning Oliy Xokkey Ligasida (OXL) ishtirok etishi haqida xabarlar tarqalgan edi. «Binokor» esa «Humo»ning farm-klubi hisoblanadi.

«Binokor» dastlabki yig‘inni 14 iyul kuni boshlaydi. Ungacha jamoaning Qozog‘iston chempionatida ishtirok etishi bilan bog‘liq barcha yuridik masalalar hal qilinishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil bahorida Toshkentda «Humo» muz saroyi ochildi va ilk marotaba mamlakat chempionati o‘tkazildi. Unda Toshkentning 4ta klubi ishtirok etdi. Muntazam chempionatda «Humo» klubi g‘alaba qozondi, biroq jamoa pley-offda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. «Semurg‘» klubi esa yakunda O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, «Binokor» xokkey klubi 1971 yilda tashkil qilingan. 1973 – 1988 yillarda sobiq SSSR chempionatining birinchi va ikkinchi ligalarida o‘ynagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Binokor» xokkey klubi Qozog‘iston chempionatida ishtirok etadi