12:56 / 28.06.2019
2 906

Alisher Usmonov Yevropa ligasida ishtirok etadigan rus klubiga 9,5 mln dollar hadya qildi

Alisher Usmonov Yevropa ligasida ishtirok etadigan rus klubiga 9,5 mln dollar hadya qildi
Tulaning “Arsenal” klubi rossiyalik biznesmen Alisher Usmonovdan katta moliyaviy koʻmak oldi.

Baza telegram-kanali tarqatgan xabarga koʻra asli oʻzbekistonlik boʻlgan milliarder “Arsenal”ga 600 million rubl (9,5 mln dollar) hadya qilgan. Ushbu xabarni hatto Usmonovning vakillari ham tasdiqlashdi.

Maʼlumotlarga qaraganda tulaliklar rahbariyati jamoaning Yevropa ligasida ishtirok etishi bois Usmonovga moliyaviy koʻmak soʻrab murojaat qilishgan.

Maʼlumot uchun, “Arsenal” oʻtgan mavsum Rossiya premyer-ligasida 6-oʻrinni egalladi. Endi ular UYEFA Yevropa ligasining 2-saralash bosqichidan kurashga qoʻshilishadi.

Eslatib oʻtamiz, bundan avvalroq Alisher Usmonov Moskvaning SSKA klubiga “Everton” futbolchisini olib kelishda ham koʻmak bergani haqida xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alisher Usmonov Yevropa ligasida ishtirok etadigan rus klubiga 9,5 mln dollar hadya qildi