20:03 / 29.06.2019
2 585

Superliga. "Paxtakor" Qo‘qonda irodali g‘alabaga erishdi

Superliga. "Paxtakor" Qo‘qonda irodali g‘alabaga erishdi
Superliganing 13-turida o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘yinning 29-daqiqasida o‘ng qanotdan Murod Xolmuhammedovning uzatgan to‘pini Shahboz Erkinov boshi bilan darvozaga yo‘lladi - 1:0.

Uchrashuvning 78-daqiqasida Sobirxo‘jayevning oshirgan pasidan keyin Shohruh Mahmudxojiyev jarima maydoni ichidan gol urdi - 1:1.

90+2-daqiqada Masharipov jarima to‘pini amalga oshirdi, barchadan baland sakragan Mahmudxojiyev boshi bilan gol urdi - 1:2.

"Qo‘qon-1912" — "Paxtakor" - 1:2
Gollar:
Shahboz Erkinov 29, - 1:0 (Murod Xolmuhammedov). Shohruh Mahmudxojiyev 78, - 1:1 (Sardor Sobirxo‘jayev). Shohruh Mahmudxojiyev 90+3, - 1:2.

"Qo‘qon-1912": Islomjon Abdullayev, Jamshid Hasanov (Javohir Esonqulov, 70), Quvondiq Ro‘ziyev, Oybek Rustamov, Jasur Hasanov, Suhrob Berdiyev, Iqbol Malikjonov, Shahboz Erkinov (Behruz Sa’dilloyev, 81), Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Murod Xolmuhammedov
Zaxira: Sarvar Karimov, Muhammadanas Hasanov, Temur Hakimov, Avazxon Mamatxo‘jayev, Timur Usmonov

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Farruh Sayfiyev, Yegor Krimets (s), Sherzod A’zamov, Xojiakbar Alijonov (Akrom Komilov, 75) (Vladimir Kozak, 86), Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Marat Bikmayev, Igor Sergeyev (Shohruh Mahmudhojiyev, 72)
Zaxira: Sanjar Quvvatov, Jahongir Ahmadov, Ruslan Roziyev, Humoyunmirzo Iminov, Sobit Sindarov, Marko Simich

Ogohlantirishlar: Dragan Cheran 41, Marko Milich 55, Jasur Hasanov 62, Jaloliddin Masharipov 65,

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Paxtakor" Qo‘qonda irodali g‘alabaga erishdi