08:48 / 07.07.2019
2 587

Ronaldu bilan shug‘ullangan sprinter: "Krishtianu hech qachon hozirgidek tez bo‘lmagan"

Ronaldu bilan shug‘ullangan sprinter: "Krishtianu hech qachon hozirgidek tez bo‘lmagan"
Portugaliyalik yengil atletikachi va sprinter Frensis Obikvelu "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronalduning jismoniy holati haqida gapirdi.
34 yoshli hujumchi bu yozda yuguruvchi bilan sprintlarni mashq qildi.

"Biz nafaqat kuch va portlovchi tezlik, balki chidamlilik ustida ham ishladik.

Angliyada u qanotda o‘ynab, ko‘p energiya sarflardi, Ispaniyada esa biroz o‘zgardi. Bu bilan u tezligini yo‘qotdi deya olmayman: Aytishlaricha, u hech qachon hozirgidek tez bo‘lmagan.

Bunday o‘ylashda davom etsa, u 40 yoshgacha to‘p tepa oladi. Krishtianuda qiziqqonlik hislati bor, bu xuddi iqtidor kabi muhim: U yangi uslublarni o‘rganadi, tajriba qilishga urinadi.

Uni mashg‘ulotda ko‘rib, Ronaldu 35 yoshda deya olmayman" - degandi Obikvelu.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu bilan shug‘ullangan sprinter: "Krishtianu hech qachon hozirgidek tez bo‘lmagan"