08:55 / 08.07.2019
2 952

Vadim Abramov: "Liga Kubogida oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erishdik"

Vadim Abramov: "Liga Kubogida oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erishdik"
“Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov Liga Kubogi 3-turi doirasida “AGMK”ga qarshi kechgan bahsdan (3:4) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘yin muxlislar uchun qiziqarli bo‘ldi. Yettita gol urildi, menimcha bundan stadionga kelgan ishqibozlar rohat olishdi. O‘yinga keladigan bo‘lsak, g‘alaba bilan raqibni tabriklaymiz. Ushbu kubok bahslarida ularga omad tilaymiz.

Biz esa o‘z maqsadimizga erishdik. Garchi keyingi bosqichga yo‘l olmagan bo‘lsakda, zaxira futbolchilarini tekshirib oldik. Bu musobaqa bizga yaqin kelajakda tayanishimiz mumkin bo‘lgan o‘yinchilarimizni sinovdan o‘tkazishga yordam berdi.

Mavsumlar oralig‘ida jamoada katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Oldinda 13ta o‘yin qoldi va bizda futbolchilar yetarli”, – deydi Abramov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Liga Kubogida oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erishdik"