16:36 / 09.07.2019
2 658

Davron Fayziyev O‘FA Matbuot va media departamenti direktori etib tayinlandi

Davron Fayziyev O‘FA Matbuot va media departamenti direktori etib tayinlandi
Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev O‘FA Matbuot va media departamentiga rahbarlik qiladigan bo‘ldi.

Assotsiatsiya xabariga ko‘ra, tashkilotning OAV bilan ishini yanada samarali yo‘lga qo‘yish, matbuot va media departamenti ish faoliyatini yaxshlash, terma jamoalar va o‘zbek futboliga oid yangilik va xabarlarning tezkorlik bilan xolis tarzda yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida shunday qarorga kelingan.

O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ushbu tayinlovga quyidagicha munosabat bildirgan.

«O‘zbek futbolini rivojlantirish yo‘lida O‘FAning har bir departamentida o‘z ishining professionallari faoliyat olib borishi talab etiladi. Shu boisdan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining OAV va muxlislar bilan o‘zaro aloqalarini yangi bosqichga olib chiqilishi, turli yoshdagi terma jamoalarimizning faoliyati to‘liq xamda keng yoritilishini ta’minlashda ushbu sohaning yetuk mutaxassislaridan biri sanaluvchi Davron Fayziyevga ishonch bildiramiz», – degan Ermatov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev O‘FA Matbuot va media departamenti direktori etib tayinlandi