06:30 / 10.07.2019
2 879

Maradonaning o‘g‘li: "Xames, otamning raqamiga tegma"

Maradonaning o‘g‘li: "Xames, otamning raqamiga tegma"
Argentinalik futbol afsonasi Diyego Maradonaning farzandi Diyego Sinagra «Real» a’zosi Xames Rodrigesning «Napoli»ga transfer qilinishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Uning kelishi shunchaki orzu. Kuchli chap oyog‘i bilan Xames darajasidagi futbolchi jamoani kuchaytirishi turgan gap. Shahar uni quchoq ochib kutib oladi va ishonamanki, u bu yerda o‘zini eng yaxshi tomonlarini ko‘rsatadi. Biroq, shunga qaramay, Xames 10 raqamdagi libosni tanlama. Bu oilamizning qadri va otamga tegishli hisoblanadi. Avvalroq, uni Iguainga, keyin esa Insinega taqdim etishlari haqida mish-mishlar tarqalgandi. Lekin, hammasi NBA kabi bo‘lishi zarur», – deydi Sinagra.

Eslatib o‘tamiz, Maradona 1984-1991 yillar oralig‘ida neapolliklar sharafini himoya qilgan bo‘lib, 188ta o‘yinda 81ta gol urgandi. Uning o‘gli esa 2004/05 yilgi mavsumni «Napoli»ning yoshlar tarkibida o‘tkazgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maradonaning o‘g‘li: "Xames, otamning raqamiga tegma"