14:44 / 15.07.2019
3 085

"Mash’al"ga ganalik futbolchilar qo‘shildi

"Mash’al"ga ganalik futbolchilar qo‘shildi
Muborakning «Mash’al» klubi ham yozgi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Asror Aliqulov boshchiligidagi jamoa a’zolari o‘z qarorgohida shug‘ullanmoqdalar. Bungacha klub rahbarlari ikkinchi davra uchun tarkibni kuchaytirish rejasi borligini ma’lum qilishgandi.

Xabaringiz bo‘lsa, mavsum avvalida «Mash’al» tarkibi butkul yoshartirib yuborilgandi. Jamoa esa pro-liga «A» guruhida «Istiqlol»dan keyin ikkinchi o‘rinni band etib turibdi. Superligaga chiqishni ko‘zlayotgan «gazchilar» boshqalardan qolishmaslik maqsadida seleksiyaga e’tiborni kuchaytirishmoqchi.

Shu maqsadda tarkibga yangi futbolchilar qabul qilinmoqda. Ammo bu bilan yoshartirish tizimidan voz kechishmoqchi emaslar. Shunchaki, raqobatni kuchaytirgan holda yangi o‘yinchilarni taklif etishmoqda.

E’tiborlisi, «Mash’al» jamoasiga ikki nafar ganalik futbolchilar qo‘shilishdi. Bular – 1999 yilning 11 yanvarida tug‘ilgan Daniyel Kvame Donkor bo‘lib, hujumkor yarim himoyachi sanaladi. Yana biri esa 1999 yilning 6 yanvar kuni tavallud topgan Devid Mensa Adjey. U himoya va yarim himoyada o‘ynaydi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, 20 yoshli futbolchilar tengdosh va ayni paytda jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etishmoqda.

Shuningdek, «Yangiyer» jamoasida faoliyat olib borgan darvozabon Xusan Olimjonov va Jasur Qurbonov ham «Mash’al»ning yig‘iniga taklif etilishgan. Shuningdek, muborakliklar yig‘in davomida bir qator nazorat uchrashuvlarini ham o‘tkazishlari rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Mash’al"ga ganalik futbolchilar qo‘shildi