16:30 / 17.07.2019
4 558

JCh-2022 saralash bahslarida Falastin va Yaman uy o‘yinlarini qayerda o‘tkazadi?

JCh-2022 saralash bahslarida Falastin va Yaman uy o‘yinlarini qayerda o‘tkazadi?
Xabaringiz bor bugun JCh-2022 saralashi ikkinchi bosqichiga qur’a tashlandi.
Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi "D" guruhida Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman va Singapur bilan kurash olib boradigan bo‘ldi. Qur’adan so‘ng taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev qiziq jihatga e’tibor qaratdi.

"O‘zbekiston terma jamoasining guruhi geopolitika tomonlama qiziqarli bo‘ldi.

O‘tgan JCh saralash bosqichida Saudiya Arabistoni Falastinga borishni istamagandi (BAA esa Falastinga borgandi). Falastin futbol federatsiyasi xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘z uyida o‘ynamaslikka qaror qilgani bois Saudiya Arabistoni texnik mag‘lubiyatdan qutulib qolgandi. Yakunda bahs Iordaniyada bo‘lib o‘tgandi, u yerda Falastin Malayziyani ham qabul qilgandi.

Endi Falastin uy o‘yinlarini qayerda o‘tkazadi? 5 sentyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Falastinga borishi mumkin, 15 oktyabr kungi Falastin - Saudiya Arabistoni uchrashuvi esa neytral maydonda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Yamanning uy o‘yinlari bilan ham qiziq vaziyat sodir bo‘lishi mumkin. O‘tgan saralash bosqichida Yaman mehmonlarni (ular qatorida O‘zbekistonni ham) Doxada qabul qilgandi. Ammo shundan keyin Qatar va bir qator qo‘shni davlatlar o‘rtasida diplomatik aloqalar uzildi. Yaman ham mana shu davlatlar qatorida edi. Yaman uy o‘yinlarini Saudiya Arabistonida o‘tkazishi taxmin qilingandi, ammo ikki terma jamoa bir guruhda ekanligi bois bunday bo‘lmasligi mumkin.

Bu savollarga javobni tez orada bilib olamiz", - deb yozadi Alisher Nikimbayev telegramdagi o‘z kanalida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2022 saralash bahslarida Falastin va Yaman uy o‘yinlarini qayerda o‘tkazadi?