06:00 / 20.07.2019
2 291

Bokschilarimiz "Prezident kubogi"da 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi

Bokschilarimiz "Prezident kubogi"da 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi
Kecha Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan "Prezident kubogi" musobaqasida yarim final janglari tashkil etildi.
Unda 6 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi (Mirzahalilov jang o‘tkazmadi) va afsuski, hech bir sportchimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.

-52 vaznli Foziljon Abdumurodov yarim finalda mezbonlar vakili Saken Bibosinovga, Fazliddin Meliboyev (-69 kg) Ablayxan Jusupovga, -75 kg vaznli bokschimiz Rajabboy Atanazarov Tursunbay Qulaxmetga, 75 kg vazn toifasidagi yana bir bokschimiz Odiljon Aslanov esa yarim finalda rossiyalik Vadim Tukovga, Akmalbek Qosimov (-81 kg) qozog‘istonlik Yerik Aljanovga, mazkur vazndagi yana bir hamyurtimiz Kozim Mardonov esa yarim finalda mezbonlar vakili Bekzat Nurdauletovga qarshi jang qildi va imkoniyatni boy berdi.

-57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Mirazizbek Mirzahalilovga terma jamoamiz bosh murabbiylari dam olish imkonini berishga qaror qilishdi. Qayd etish lozimki, Miraziz bu yil hisobidan ko‘plab janglarda ishtirok etdi. Hususan, "Prezident kubogi" turnirida ham ikkita qiyin jang o‘tkazdi. Shu sababli Mirzahalilov yarim finalda Ilyas Suleymanovga qarshi jangda ishtirok etmadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bokschilarimiz "Prezident kubogi"da 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi