21:41 / 22.07.2019
2 545

Ikkinchi davradan boshlab O‘zbekistonda FIFAning yangi qoidalari tatbiq etiladi

Ikkinchi davradan boshlab O‘zbekistonda FIFAning yangi qoidalari tatbiq etiladi
Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Kengashi IFAB mart oyidagi yig‘ilishida joriy yilning 1 iyunidan boshlab futbol qoidalariga bir qator o‘zgartirishlar kiritilishini ma’lum qilgan edi.
Ushbu qoidalar futbolning jonli devor, golni nishonlash, to‘pni o‘yinga kiritish, qo‘l bilan o‘ynash, o‘yinchi almashtirish, penalti, bahsli to‘p, murabbiyga kartochka ko‘rsatish kabi holatlari bo‘yicha qabul kilingan.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Professional futbol ligasi bayrog‘i ostida o‘tkaziladigan musobaqalarda ham ushbu qoidalar joriy mavsumning ikkinchi davrasidan e’tiboran amal qilishni boshlaydi. Qoidalarga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha dastlab milliy chempionatimiz va kubok bahslarida ishlaydigan hakam hamda nazoratchilar uchun seminar tashkil etildi. Shuningdek, ichki chempionatimizda ishtirok etayotgan klublar, futbolchi va murabbiylar, shuningdek, Sport telekanali sharxlovchilariga ham yangi qoidalar bo‘yicha seminar o‘tkazilmoqda.

Demak, ikkinchi davradan boshlab yangi qoidalar chempionat bahslarida to‘liq amaliyotga kiritiladi.

Manba: ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ikkinchi davradan boshlab O‘zbekistonda FIFAning yangi qoidalari tatbiq etiladi