17:43 / 25.07.2019
2 926

Joshuaning Ruisga qarshi revansh jangi o‘tkaziladigan sana va joy ma’lum bo‘ldi

Joshuaning Ruisga qarshi revansh jangi o‘tkaziladigan sana va joy ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images
Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn WBA, WBO, IBF, IBO kamarlari sohibi meksikalik Endi Ruis bilan kechadigan revansh jangining qayerda va qachon bo‘lishi haqida ma’lumotlarni e’lon qildi.

Xirnga ko‘ra, mazkur jang Kardiffdagi 80 ming muxlisga mo‘ljallangan Principality Stadium stadionida 14 dekabrda bo‘lib o‘tilishi kutilmoqda.

Ikkinchi variant esa — Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasida 29 noyabr kuni.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki jangda Ruis Joshuani 7-raundda nokautga uchratib, g‘alaba qozongandi va bir yo‘la 4 ta kamarni qo‘lga kiritgandi (WBA, WBO, IBF va IBO).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joshuaning Ruisga qarshi revansh jangi o‘tkaziladigan sana va joy ma’lum bo‘ldi