18:54 / 25.07.2019
3 373

«Paxtakor» Dragan Cheran bo‘yicha muhim qarorni qabul qildi

«Paxtakor» Dragan Cheran bo‘yicha muhim qarorni qabul qildi
«Paxtakor» klubi hujumchi Dragan Cheran bilan hamkorlik bo‘yicha yangi qarorni qabul qildi.
Toshkentliklar 31 yoshli serbiyalik bilan 2 yillik yangi shartnomani imzoladilar. Endi u 2021 yil yozigacha «Paxtakor» sharafini himoya qiladi.

Cheran 2018 yil yozidan beri «Paxtakor»da o‘ynayapti. Shu paytgacha u 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Futbolchi faoliyati davomida Serbiyaning «Smederevo», «Jeleznichar», «Mladi Radnik», Belgiyaning «Vesterlo», Isroilning «Xapoel Xayfa», «Makkabi Netaniya», Ozarboyjonning «Semurg‘», Saudiya Arabistonining «Ash-Shu’la», Makedoniyaning «Vardar» va O‘zbekistonning «Nasaf» klublarida ham o‘ynagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» Dragan Cheran bo‘yicha muhim qarorni qabul qildi