Foto: Twitter/@IChC
Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasida 27 iyul, shanba kuni «Atletiko Madrid» hamshahari «Real»ga qarshi maydonga tushdi.
AQShda o‘tgan o‘yinda «Atletiko» «Real»ni 7:3 hisobida taslim qildi. «Matraschilar» safidagi gollarga Diyego Kosta (4 ta), Joau Feliks, Anxel Korrea hamda Vitolo mualliflik qildi. «Real»dan esa Nacho, Karim Benzema hamda Xavi o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.
Qayd etish joiz, jamoalar 65-daqiqadan boshlab 1 tadan kam o‘yinchi bo‘lib harakat qildi. Diyego Kosta hamda Dani Karvaxal hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.
Shu tariqa «Real» Xalqaro Chempionlar Kubogi musobaqasini 1 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat bilan yakunlashga majbur bo‘ldi.
«Atletiko» esa hozirgacha ikkita o‘yinda g‘alaba qozondi. Simeone shogirdlari 10 avgust kuni «Yuventus»ga qarshi maydonga tushadi.
Xalqaro Chempionlar Kubogi
«Real» — «Atletiko» 3:7
Gollar: 0:1 – 1 Diyego Kosta, 0:2 – 8 Joau Feliks, 0:3 – 19 Korrea, 0:4 – 28 Diyego Kosta, 0:5 – 45, penalti Diyego Kosta, 0:6 – 51 Diyego Kosta, 1:6 – 59 Nacho, 1:7 – 70 Vitolo, 2:7 – 85, penalti Benzema, 3:7 – 89 Xavi.
«Real Madrid» – Kurtua (Navas, 46), Marselo (Beyl, 62), Ramos (Xavi, 62), Odriosola (Karvaxal, 46), Nacho, Isko (Rodrigo, 62), Kroos, Azar (Adri, 62), Modrich (Kubo, 62), Vinisius Junior (Vaskes, 46), Yovich (Benzema, 30).
«Atletiko» – Oblak, Savich (Felipe, 66), Ermoso (Montero, 66), Trippiyer (Karlos Isaak, 65), Lodi (Sanches, 66), Saul (Errera, 66), Koke (Lorente, 66), Lemar (Sanabriya, 66), Joau Feliks (Vitolo, 66), Diyego Kosta, Morata (Korrea, 13; Kamelo, 66).
Ogohlantirishlar: Isko (31), Saul (65), Nacho (88).
Chetlatishlar: Diyego Kosta (65), Karvaxal (65). “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?