16:56 / 30.07.2019
2 572

Fransiyalik mutaxassis Saudiya Arabistoni terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi

Fransiyalik mutaxassis Saudiya Arabistoni terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
Foto: Google Images
Fransiyalik mutaxassis Erve Renar Saudiya Arabistoni termasini boshqaradi. Bu haqda murabbiy o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berdi.

50 yoshli mutaxassis 2016 yildan 2019 yilgacha Marokash terma jamoasiga bosh murabbiylik qilgandi. Marokashliklar uning qo‘l ostida Jahon Chempionati—2018 musobaqasida ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, Erve 2018 yil Afrikaning eng yaxshi murabbiyi deya e’tirof etilgandi.
Bundan tashqari, u Zambiya hamda Kot-d’Ivuar terma jamoalari bosh murabbiyligida ikki bor Afrika Kubogini qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon Chempionati—2022 musobaqasi ikkinchi saralash bosqichida Saudiya Arabistoni bilan bir guruhdan joy olgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fransiyalik mutaxassis Saudiya Arabistoni terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi