22:34 / 02.08.2019
3 432

"Paxtakor" 2 ta transferni e’lon qildi. Ikkisi ham "Lokomotiv"dan o‘tdi (foto)

"Paxtakor" 2 ta transferni e’lon qildi. Ikkisi ham "Lokomotiv"dan o‘tdi (foto)
Tajribali futzalchi Farhod Abdumavlonov "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston terma jamoasi safida Osiyo chempionatida kumush va bronza medallariga ega chiqqan, ko‘p marta O‘zbekiston chempioniga aylangan va O‘zbekiston Kubogi sohibi bo‘lgan Abdumavlonov endi "Paxtakor" sharafini himoya qiladi. U avvalgi klubi "Lokomotiv"ni erkin agent sifatida tark etib, "sherlar" bilan 2020 yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Shuningdek, "Paxtakor" ayollar jamoasi Superliganing ikkinchi bosqichi arafasida tarkibiga yangi futbolchi qo‘shib oldi.

Avval "Lokomotiv" safida o‘ynagan yarim himoyachi Zuhra Berdiyeva endi "Paxtakor" safida maydonga tushadi. Ikkinchi bosqich boshlanishidan avval "Paxtakor" tarkibini Berdiyeva bilan to‘ldirdi. Dastlabki uchrashuvni "sherlar" 5 avgust kuni "Lokomotiv"ga qarshi safarda o‘tkazadi va Zuhra jamoadagi debyutini sobiq klubiga qarshi o‘tkazishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" 2 ta transferni e’lon qildi. Ikkisi ham "Lokomotiv"dan o‘tdi (foto)