23:20 / 03.08.2019
2 466

Farruh Nosirov Markaziy Osiyo triatlon assotsiatsiyasi vitse-prezidentiga aylandi

Farruh Nosirov Markaziy Osiyo triatlon assotsiatsiyasi vitse-prezidentiga aylandi
Foto: Triatlon federatsiyasi
2 avgust, juma kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida Markaziy Osiyo triatlon assotsiatsiyasining (CATA) ikkinchi kongressi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston triatlon federatsiyasi matbuot xizmatining «Daryo»ga ma’lum qilishicha, mazkur yig‘ilishda mamlakat triatlon federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Farruh Nosirov CATA vitse-prezidenti etib saylandi.

Shu bilan birga Kongressda yaqin kelajakdagi asosiy maqsadlar, aniq vazifalar belgilandi va bir qator muhim qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, CATA shafeligida birinchi musobaqalarning o‘tkazilish muddatlari aniq bo‘ldi. Triatlon bo‘yicha musobaqalarga birinchi marta joriy yilning 5 oktyabr kunidan start beriladi.

Paratriatlon bo‘yicha CATA birinchi starti esa 22 sentyabr kuni Qozog‘istonning Oqtau shahri mezbonlik qiladigan birinchi Osiyo kubogi doirasida o‘tkaziladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Farruh Nosirov Markaziy Osiyo triatlon assotsiatsiyasi vitse-prezidentiga aylandi