06:00 / 13.08.2019
2 967

"Surxon" yana bir braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

"Surxon" yana bir braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Xabaringiz bor, Termizning «Surxon» jamoasi davralar oralig‘ida ikki nafar braziliyalik futbolchilar bilan shartnoma imzolagan edi. Ularning bir nafari ya’ni Lukas kuni kecha «Lokomotiv» jamoasi bilan bahsda maydonga tushdi.

Bugun, Braziliyalik ikkinchi legioner Duglas ham Kiyev-Toshkent havo yo‘llari orqali yurtimizga yetib keldi. E’tiborlisi u ikki hafta davomida Donetskning «Shaxtyor» klubi mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. Duglas, ertadan «Surxon» jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok etadi.

Duglas va Lukasni «Surxon» jamoasiga olib kelgan futbol agenti Paulo Riberio haqida qisqacha ma’lumot:

Paulo Riberio - Braziliya davlatida tug‘ilgan. Keyinchalik u Angola davlatiga ko‘chib o‘tgan. Futbolga bo‘lgan qiziqishi yuqoriligi sabab, Ukraina davlatiga ko‘chib o‘tadi va «Shaxtyor» klubida «seleksioner» sifatida ish boshlaydi.

Paulo «Shaxtyor» klubiga:
Marlos;
Jadson;
Elano;
Fernandino;
Maykon;
Luis Adriano;
Matuzalem;
Villian;
Fred kabi futbolchilarni taklif qilgan va ushbu futbolchilar Paulo Riberio orqali butun dunyoga tanilgan.
«Surxon» futbol klubi mashhur futbol agenti Paulo Riberio bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Surxon" yana bir braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi