11:00 / 13.08.2019
3 225

Roman Yeremenko: "Shomurodov mavsum davomida 20 ta gol ura oladi"

Roman Yeremenko: "Shomurodov mavsum davomida 20 ta gol ura oladi"
“Rostov” klubi yarim himoyachisi Roman Yeremenko kecha RPLning 5-turidan o‘rin olgan “Krilya Sovetov”ga (1:0) qarshi o‘yindan so‘ng uchrashuvda yagona golga mualliflik qilgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov haqida gapirib o‘tdi.

- Shomurodov bu mavsum 5 ta turda o‘tgan butun mavsum davomidagidan ko‘proq gol urdi.
- Agar har bir o‘yinda unga bunday vaziyatlar yaratib berilmaganida u haliyam gol ura olmagan bo‘lardi (kuladi). Umid qilamizki uning golli seriyasi yana davom etadi. Unda mavsum davomida 20ta gol urish uchun barchasi bor. Hozir unda hammasi yaxshi ketmoqda va unga yana imkoniyat berish kerak”, - deydi rossiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov ortda qolgan 5 ta turda o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U ayni damda Rossiya premer-ligasi to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Roman Yeremenko: "Shomurodov mavsum davomida 20 ta gol ura oladi"