14:50 / 16.08.2019
2 476

Superliga 17-turida "Paxtakor" Olmaliqda AGMK mehmoni bo‘lishadi

Superliga 17-turida "Paxtakor" Olmaliqda AGMK mehmoni bo‘lishadi
Jamoalar hozirga qadar chempionatlar doirasida zaro 23 bahsda maydonga tushishgan. Ularning 17tasida g‘alabaga erishgan "Paxtakor" 2 marta durang o‘ynagan hamda 4 to‘qnashuvda olmaliqliklarning qo‘li baland kelgan. AGMK darvozasi 37 marta ishg‘ol etilib, 14 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Olmaliqda kechgan 11 bahsning 8tasida "Paxtakor" zafar quchgan. Birinchi davrada Toshkentda "Sherlar" 4:1 hisobida muvaffaqiyatga erishishgan. Jamoalar safida diskvalifikatsiyaga uchragan futbolchilar yo‘q.

AGMK va "Paxtakor" o‘rtasidagi uchrashuv 17 avgust, shanba kuni soat 19:15da AGMK stadionida boshlanadi.

AGMK – "PAXTAKOR"

Hakamlar: Elyor Tursunov, Aleksandr Sidorov, Hasan Nabiyev, Rustam Choriyev.
Nazoratchi: Andrey Tambovsev.
Komissar: Abbos Ahrorov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga 17-turida "Paxtakor" Olmaliqda AGMK mehmoni bo‘lishadi