00:24 / 18.08.2019
2 533

Ro‘ziqul Berdiyev "Lokomotiv" bilan o‘yindan so‘ng: "Jamoamning o‘yinini yuqori baholayman"

Ro‘ziqul Berdiyev "Lokomotiv" bilan o‘yindan so‘ng: "Jamoamning o‘yinini yuqori baholayman"
Superliga 17-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" hamda "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi (1:0) o‘yindan so‘ng qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev bellashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugun tajribali jamoaga munosib qarshilik ko‘rsatishga harakat qildik. Biroq baribir tajriba va mahorat o‘z so‘zini aytdi. Bugun biz o‘z uslubimiz doirasida harakat qildik. «Lokomotiv»ga gol urish uchun kamroq imkoniyat yaratishga, ularning bo‘sh zonalaridan unumli foydalanishga, ularni to‘psiz qoldirishga intildik, ammo buni har doim ham eplay olmadik. Chunki «Lokomotiv»ning bir necha futbolchilari erkinroq o‘ynashdi. Gol o‘tkazib yuborgan vaziyatimizda futbolchilarim diqqatni biroz yo‘qotishdi va o‘sha vaziyat o‘yin taqdirini hal qildi.

- Jamoangizning o‘yinini qanday baholaysiz?
- «Lokomotiv»dek raqib bo‘lganidan keyin o‘yinimizni yuqori baholay olaman.

- «Nasaf» ushbu raqibiga ikkala o‘yinda ham 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bunga qanday izoh bera olasiz?
- Bizga sovuqqonlik yetishmayapti. Qarshida bo‘lgan o‘yinni eslasangiz, munosib o‘yin namoyish qilib, ko‘plab vaziyatlar yaratgandik. Ammo o‘zingdan kuchliroq va tajribaliroq bo‘lgan jamoaga qarshi o‘yinda albatta gol urmasang, mag‘lub bo‘lishing aniq. Bugun shunday bo‘ldi. Uchrashuvlar davomida biz ko‘plab vaziyatlar yaratyapmiz, biroq bulardan foydalana olmayapmiz. «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘yinda ham shunday bo‘ldi.

- Superliga doirasida safarda o‘tgan eng qiyin o‘yin sifatida «Lokomotiv»ga qarshi o‘yinni keltira olasizmi?
- Bu yil ligada kutilmagan natijalar ko‘p bo‘lmoqda. Ko‘p jamoalarning saviyasi tenglashayotgandek. Shuning uchun ham, nafaqat safardagi, balki uydagi o‘yin ham qiyin o‘tmoqda. G‘alabaga erishish uchun uy yoki safar deb ajratmasdan bor kuchni ishlatish kerak.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev "Lokomotiv" bilan o‘yindan so‘ng: "Jamoamning o‘yinini yuqori baholayman"