20:15 / 18.08.2019
2 381

Andrey Shipilov: "Bunyodkor"ning asosiy tarkibi men uchun biroz kutilmagan hol bo‘ldi"

Andrey Shipilov: "Bunyodkor"ning asosiy tarkibi men uchun biroz kutilmagan hol bo‘ldi"
Coca Cola Superligasi 17-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Metallurg" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Andrey Shipilov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bugungi bahsga juda jiddiy tayyorlangandik. Raqibning kuchli tomonlarini yaxshi bilardik. Gadoyev va Tursunov kabi futbolchilarning asosiy tarkibda tushishlari men uchun biroz kutilmagan hol bo‘ldi. Biz o‘z taktikamiz va strategiyamizga 75-daqiqaga qadar to‘liq rioya qildik. Ha "Bunyodkor" katta tashabbusga ega bo‘ldi, ammo 75-daqiqaga qadar darvozamiz oldida deyarli xavfli vaziyat sodir etilmadi. Bugungi natija adolatli va "Bunyodkor"ni g‘alaba bilan tabriklayman, - deydi Shipilov.

- Jamoada tajribali futbolchilar bor, ammo ular o‘z saviyasida o‘ynay olishmayapti.
- Bu savolingizda biroz haqiqat bor. Ammo masalan, Kamoliddin Tojiyev, Server Jeparov, Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreyev kabi futbolchilar o‘z vazifalarini to‘liq bajarishmoqda. To‘g‘ri balki qayerdadir yorqin o‘ynashmayotgandir. Bugun Muzaffarov gol urishi mumkin edi. Biz Jeparovni atayin asradik, chunki "Jar" maydoni u qadar yaxshi emasligini bilardik.

- Lobanov oldingidan yaxshi o‘ynamoqda, kam gol o‘tkazmoqda. U bilan alohida ishlanmoqdami?
- Istalgan sportchi, futbolchida qiyin damlar bo‘ladi. Pasayish bo‘ladi. Lobanovni jarohatidan keyin o‘z safimizga qo‘shib olgandik. Jamoamizda darvozabonlar bilan Alisher Ahmedov ishlaydi. Bundan tashqari u anchadan buyon maydonga tushmagani uchun ham o‘yinni sog‘inib qolgan.

- Jamoa hujumda faqat qanotdan hujum qiladi. Nima uchun markazdan hujumga o‘tmadi?
- Sababi qanotda bo‘sh joy ko‘p bo‘ladi va u yerdan hujumga o‘tish oson. Bugun qanotlarimiz yomon o‘ynadi demagan bo‘lardim. Boshqa o‘yinlarda biz markazdan hujumga o‘tamiz, ammo o‘yin o‘yinga to‘g‘ri kelmaydi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Shipilov: "Bunyodkor"ning asosiy tarkibi men uchun biroz kutilmagan hol bo‘ldi"