2 458
«Santos» sobiq prezidenti: Neymar «Real»ga o‘tmasligi uchun uning otasiga 1 mln dollar to‘lagandim
Foto: BeinSports
«Santos» klubining sobiq prezidenti Marselo Teysheyra 2006 yilda hujumchi Neymarning «Real»ga transferi nima sababdan bekor bo‘lganini ma’lum qildi.
«U «galaktikos» davridan buyon «Real»ga maftun bo‘lib qolgandi. Biz Neymarni jamoada saqlab qolish uchun uning otasiga 1 million dollar taklif qildik. U esa osonlikcha rozi bo‘ldi.
Klub rahbariyatining barcha a’zolari o‘shanda meni tentakka chiqargandi, biroq men Neymar o‘ziga xos futbolchi ekanini bilar edim. «Santos» uni saqlab qolishi kerak edi. Bu qiyin qaror edi, ammo yakunda to‘g‘ri bo‘lib chiqdi.
Biz «Real» bilan muzokara o‘tkazmadik. O‘shanda aytgan gaplarim uni jamoada saqlab qolish uchun edi.
O‘sha vaqtda Robino transferi sabab «Santos» va «Real» o‘rtasidagi munosabatlar chigal edi. Oxir-oqibat jamoa Neymarni ushlab qoldi va klublar o‘rtasidagi munosabat keskinlashmadi», — deydi Teysheyra. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...