10:15 / 29.08.2019
1 763

Nurmagomedovning murabbiyi Porega qarshi jangda Habibga xalal berishi mumkin bo‘lgan jihatni aytdi

Nurmagomedovning murabbiyi Porega qarshi jangda Habibga xalal berishi mumkin bo‘lgan jihatni aytdi
Foto: Getty Images
UFC chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes Dastin Porega qarshi jangda rossiyalik yakkakurashchini nima chalg‘itishi mumkinligini aytdi.

«Habibdan avval uning bir nechta do‘stlari va sheriklarining jang o‘tkazishi muhim palla hisoblanadi. Agar ularning qaysi biridadir vaziyat rejadagidek bo‘lmasa, bu Habibning ruhiy holatiga ta’sir qilishi mumkin.

Agar kimdir chegaradan chiqadigan bo‘lsa, o‘ylashimcha, Habibning otasi Abdulmannop Nurmagomedov unga yaxshigina tanbeh berib qo‘yadi. U juda tartibli inson va o‘quvchilaridan atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qiladi», — deydi Mendes.

Eslatib o‘tamiz, 7 sentyabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan UFC 242 musobaqasi asosiy jangida Habib Nurmagomedov va Dastin Pore ishtirok etadi. Undan avval Nurmagomedov jamoasining vakili Zubayra Tuxugov ham jang qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)