21:00 / 29.08.2019
3 340

Jahon chempionini 30 soniyada yengib, kamarini himoya qilgan Shahram G‘iyosov Toshkentda tantanali kutib olindi

Jahon chempionini 30 soniyada yengib, kamarini himoya qilgan Shahram G‘iyosov Toshkentda tantanali kutib olindi
Professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqadigan Shahram G‘iyosov bugun, 29 avgust kuni Toshkentga qaytib keldi. Moskva-Toshkent yo‘nalishida uchib kelgan Shahramni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olishdi.

Bokschining oila a’zolari, muxlislar va OAV xodimlari tomonidan kutib olingan bokschi 25 avgust kuni himoya qilgan chempionlik kamarini O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlashini aytdi. Shahram 25 avgust kuni Meksikada kolumbiyalik sobiq jahon chempioni Darlis Peresni 1-raundning 30-soniyasidayoq nokautga uchratib, WBA International chempionlik kamarini himoya qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jahon chempionini 30 soniyada yengib, kamarini himoya qilgan Shahram G‘iyosov Toshkentda tantanali kutib olindi