09:50 / 01.09.2019
2 361

«Yuventus» gollarga boy o‘tgan dramatik bahsda «Napoli»ni mag‘lub etdi

«Yuventus» gollarga boy o‘tgan dramatik bahsda «Napoli»ni mag‘lub etdi
Foto: Getty Images
Italiya A Seriyasining 2-turidan olgan markaziy o‘yinda «Yuventus» «Napoli»ni qabul qildi. Turinda o‘tgan bahs 4:3 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan tugadi.

Dastlabki gol 16-daqiqada «Yuventus» himoyachisi Danilo tomonidan urildi. Eng qizig‘i, Danilo gol urgan paytda zaxiradan maydonga tushganiga endigina 29 soniya bo‘lgan edi. 3 daqiqa o‘tgach, Gonsalo Iguain ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Krishtianu Ronaldu hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

«Napoli» shunday keyin ham taslim bo‘lmadi. 15 daqiqa ichida Kostas Manolas, Irvin Losano, Di Lorensolarning gollari orqali hisobni tenglashtirib , kambek qilishga erishdi. Ammo 92-daqiqada jarimadan uzatilgan to‘pni neapolliklar himoyachisi Kalidu Kulibali o‘z darvozasiga yo‘llab, o‘yinga dramatik nuqta qo‘ydi va "Napoli" alamli mag‘lubiyatga uchradi.

A Seriya, 2-tur
Yuventus – Napoli 4:3
«Alyans Stedium»
Gollar: 1:0 – 16 Danilo, 2:0 – 19 Iguain, 3:0 – 62 Ronaldu, 3:1 – 66 Manolas, 3:2 – 68 Losano, 3:3 – 81 Di Lorenso, 4:3 – 90+2, avtogol Kulibali.
Yuventus: Shensniy, De Shilo (Danilo, 15), Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Xedira (Jan, 60), Pyanich, Matyuidi, Duglas Kosta, Iguain (Dibala, 76), Ronaldu.
Napoli: Meret, Di Lorenso, Manolas, Kulibali, G‘ulom (Mariu Ruy, 46), Kalexon, Zelinski, Allan (Elmaz, 74), Insine (Losano, 46), Fabian Ruis, Mertens.
Ogohlantirishlar: G‘ulom (40), Di Lorenso (44), Matyuidi (52), Aleks Sandro (80), Duglas Kosta (83), Elmaz (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Yuventus» gollarga boy o‘tgan dramatik bahsda «Napoli»ni mag‘lub etdi