15:05 / 01.09.2019
3 386

"Axmat" futbolchisiga birgina gol uchun Hyundai avtomobili sovg‘a qilindi (foto)

"Axmat" futbolchisiga birgina gol uchun Hyundai avtomobili sovg‘a qilindi (foto)
Grozniyning "Axmat" klubi prezedinti Magomed Daudov jamoa yarim himoyachisi Bernardu Berishaga "Tambov"ga qarshi bahsdan so‘ng avtomobil sovg‘a qilingani haqida aytib o‘tdi.

"Berisha Checheniston Respublikasining Birinchi Prezidenti, Rossiya Qahramoni Axmat Xoji Qodirov nomidagi mintavaviy fond tomonidan Hyundai Solaris avtomobili bilan taqdirlandi.

Shanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv so‘nggida u ajoyib gol kiritishga erishdi. U har bir o‘yinda bor kuchini berib, jamoasi uchun qayg‘uradi. Berisha haqli ravishda "Axmat" - "Tambov" (1:1) bahsining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Aminmanki, jamoamizning ulkan g‘alabalari hali oldinda", - deb yozdi Daudov o‘zining "Instagram" sahifasida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Axmat" futbolchisiga birgina gol uchun Hyundai avtomobili sovg‘a qilindi (foto)