23:50 / 01.09.2019
2 405

Shohjahon Ergashev Ramires yoki Progreysga qarshi titul jangi o‘tkazmoqchi

Shohjahon Ergashev Ramires yoki Progreysga qarshi titul jangi o‘tkazmoqchi
27 yoshli o‘zbekistonlik yengilmas bokschi Shohjahon Ergashev birinchi o‘rta og‘ir vazn toifasida WBC va WBO chempioni Xose Ramires yoki WBA kamari sohibi Redjis Progreysga qarshi jang qilmoqchi ekanligini aytib o‘tdi.

WBA reytingida 4, IBF reytingida 6 va WBO reytingida 8-o‘rinda borayotgan Ergashev kelajakda o‘z vaznini o‘zgartirmoqchi ekanligini ta’kidladi.

"Men reytingi yuqori, mag‘lubiyatsiz odimlayotgan bokschilarni mag‘lub etdim. Hozir esa menga kamar kerak. Men eng kuchli bokschi bilan jang qilmoqchiman. Rejis Progreys, Xose Ramires va umuman barcha kuchlilar bilan. Bir-ikki yildan so‘ng o‘rta og‘ir vazn toifasida chempion bo‘lishni istayman", - deb Ergashevning so‘zlirini keltirib o‘tdi The Ring nashri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev Ramires yoki Progreysga qarshi titul jangi o‘tkazmoqchi