15:17 / 02.09.2019
2 628

Bugun Yevropa kuchli beshlik chempionatlarida yozgi transferlar oynasi rasman yopiladi

Bugun Yevropa kuchli beshlik chempionatlarida yozgi transferlar oynasi rasman yopiladi
Joriy yoz futbol olamida ko‘plab kutilgan va kutilmagan transferlar amalga oshirildi. Aytish kerakki, bugun 2 sentyabr kuni Yevropaning aksariyat kuchli chempionatlarida yozgi transferlar oynasi rasman yopiladi.

Yana ham aniqroq qilib aytsak, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Fransiya va Rossiya klublariga 2019/20 yilgi mavsumda foydalanadigan yangi futbolchilar sotib olish uchun bugun so‘nggi kun bo‘ladi.

Birinchi bo‘lib Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Bundesliga, oradan 2 soat o‘tib, ya’ni 23:00da esa A Seriyaning transfer eshiklari yopiladi. Liga 1 va La Liga tunggi soat 03:00gacha faoliyat olib boradi. Rossiya premer-ligasida esa soat 02:00dan boshlab yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun Yevropa kuchli beshlik chempionatlarida yozgi transferlar oynasi rasman yopiladi