15:41 / 02.09.2019
2 823

Eldor Shomurodov premer-liganing avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzod

Eldor Shomurodov premer-liganing avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzod
Rossiya premer-ligasi o‘zining rasmiy saytida chempionatning o‘tgan avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

E’tiborlisi, ushbu ro‘yxatdan “Rostov” klubi forvardi, hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham joy oldi. Ta’kidlash kerakki, u avgust oyida 5ta o‘yinda 5ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi. Shomurodov ayni damda 7ta gol bilan musobaqa to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.

Hamyurtimizdan tashqari shuningdek «Krilya Sovetov» hujumchisi Aleksandr Sobolev (5ta o‘yinda 3 gol, 1 ta assist), «Spartak» xavbeki Gus Til (4ta o‘yinda 1ta gol, 3ta assist), «Lokomotiv» xavbeki Gjegoj Krыxovyak (5ta o‘yinda 3ta gol) va SSKA himoyachisi Mario Fernandeslar (5ta o‘yin 2ta gol) ham bor.

Endi oyning eng yaxshi futbolchisi muxlislar o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov premer-liganing avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzod