09:30 / 07.09.2019
2 451

Yevro-2020 saralashi. Rossiya va Belgiyada g‘alaba

Yevro-2020 saralashi. Rossiya va Belgiyada g‘alaba
Foto: Chempionat
Yevro-2020 saralash bosqichi doirasida 5-tur o‘yinlari davom etmoqda.

I guruhidan o‘rin olgan Shotlandiya va Rossiya milliy jamoalari o‘rtasidagi bahsda mehmonlar irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Hisobni 10-daqiqada mezbonlar yarimhimoyachisi Makginn ochganiga qaramay, rossiyaliklar 40-daqiqada Dzyubaning goli evaziga muvozanatni tiklashdi. 59-daqiqada O'Donnellning avtogoli mehmonlarga g‘alabani taqdim etdi.

Guruh peshqadami Belgiya autsayder San-Marino maydonidan yirik g‘alaba bilan qaytdi (4:0).
Kipr va Qozog‘iston milliy jamoalari esa murosa yo‘lini tanlashdi (1:1).

I guruhi

Shotlandiya – Rossiya 1:2
Gollar:
Makginn (10) – Dzyuba (40), O'Donnell (59, avtogol).
Shotlandiya: Marshall, O'Donnell, Kuper, Robertson, Malgryu, Makginn (Kristi, 62), Maktomini (Fillips, 78), Freyzer, Makgregor, Forrest (Maklin, 62), Makberni.
Rossiya: Gilerme, Fernandes, Semenov, Jikiya, Jirkov, Ozdoyev, Golovin (Axmetov, 89), Ionov (Yeroxin, 80), Zobnin (Barinov, 66), Kudryashov, Dzyuba.
Ogohlantirishlar: Kuper (46), Zobnin (55), Maklin (70), Barinov (70), Axmetov (90).

Kipr – Qozog‘iston 1:1
Gollar:
Soteriu (39) – Shetkin (2).

San-Marino – Belgiya 0:4
Gollar:
Batshuayi (43 penalti, 90), Mertens (57), Shadli (63).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro-2020 saralashi. Rossiya va Belgiyada g‘alaba