13:18 / 07.09.2019
3 061

Messi yana bir yildan soʻng “Barselona”ni tark etishi mumkin

Messi yana bir yildan soʻng “Barselona”ni tark etishi mumkin
“Barselona” klubi forvardi Lionel Messi yana bir yildan soʻng jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda CNN Deportes muxbiri Martin Kastilya xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga koʻra 32 yoshli argentinalik futbolchi kelgusi yoz “koʻk-anor ranglilar” safidan “Nyuells Old Boyz” klubiga koʻchib oʻtishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, bundan avval Messi “Barselona”ni faqatgina bolaligida toʻp surgan “Nyuells Old Boyz” klubi uchun tark etishi haqida bir necha bor aytib oʻtgan.
Maʼlumot uchun, Messining shartnomasiga koʻra u joriy mavsum yakunlangach “Barsa” bilan kelishuvni bekor qilish huquqiga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi yana bir yildan soʻng “Barselona”ni tark etishi mumkin