21:39 / 07.09.2019
3 968

Habib Nurmagomedov Porega qarshi jangdan qancha ishlab olishi ma’lum bo‘ldi

Habib Nurmagomedov Porega qarshi jangdan qancha ishlab olishi ma’lum bo‘ldi
Foto: Yandex Photos
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov amerikalik yakkakurashchi Dastin Porega qarshi jangdan qancha daromad olishi ma’lum bo‘ldi.

Rossiyalik sportchining mazkur bellashuvdagi gonorari 6 million dollarni tashkil etadi. Shu tariqa Nurmagomedov UFC sobiq chempioni Konor Makgregorga qarshi jangidagidan uch barobar ko‘p pul ishlab oladi.

Eslatib o‘tamiz, Habib va Pore o‘rtasidagi jang bugun Abu Dabida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, mazkur qarama-qarshilik bugun oqshom Toshkent vaqti bilan soat taxminan 00:30 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov Porega qarshi jangdan qancha ishlab olishi ma’lum bo‘ldi