22:00 / 07.09.2019
5 651

Bugungi super to‘qnashuvni qayerda ko‘rish mumkin?

Bugungi super to‘qnashuvni qayerda ko‘rish mumkin?
MMA olami orziqib kutayotgan UFC 242 oqshomiga ham bir necha soat qoldi.
Bugun, 7 sentyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida UFC 242 turniri o‘tkaziladi. Oqshomning markaziy jangida yengil vaznda UFC chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedov hamda tashkilotning vaqtinchalik chempioni Dastin Pore o‘zaro to‘qnash keladi.

Ushbu chempionlik jangi Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00da boshlanishi belgilangan. Turnirning o‘zi soat 20:00da boshlanadi. Abu-Dabidagi UFC 242 turnirini Rossiyaning Birinchi kanali hamda Setanta Sport to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etadi. Bu jangni shuningdek, Birinchi kanalning Odnoklassniki sahifasida ham ko‘rishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugungi super to‘qnashuvni qayerda ko‘rish mumkin?