00:20 / 08.09.2019
3 261

Ramos: "Habib men unga yetib bormagunimcha chempionlikni o‘zida saqlab qoladi"

Ramos: "Habib men unga yetib bormagunimcha chempionlikni o‘zida saqlab qoladi"
Foto: Fightnews
UFC jangchisi Deyvi Ramos o‘zini yengil vazn toifasida Habib Nurmagomedovni yengishga qodir yagona jangchi deb hisoblamoqda.

«Habib o‘z jang uslubi sabab raqiblarining 80-90 foizi ustidan katta ustunlikka erishgan. Faqatgina Islom Maxachev bundan mustasno. Uning ham uslubi Habibnikiga o‘xshash. Shunisi aniqki, Habib men unga yetib bormagunimcha chempionlikni o‘zida saqlab qoladi. Bu kundek ravshan. U qilayotgan ish — jang qilishi va bosim o‘tkazish. Men esa butun hayot faoliyatim davomida jiu-jitsu bilan shug‘ullanib kelmoqdaman. Shunday ekan, Habibning bosimiga ko‘nika olmagan raqiblar singari holatdan qo‘rqmayman», — deydi Deyvi Ramos.

Eslatib o‘tamiz, Ramos 7 sentyabr kuni UFC 242 oqshomida aynan Islom Maxachev qarshi jang qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ramos: "Habib men unga yetib bormagunimcha chempionlikni o‘zida saqlab qoladi"