06:29 / 08.09.2019
3 337

Islom Maxachev UFCdagi oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Islom Maxachev UFCdagi oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Abu-Dabida UFC 242 kechasining asosiy janglaridan biri bo‘lib o‘tdi. Yengil vazn toifasida rossiyalik Islom Maxachev va Devi Ramos o‘zaro to‘qnash keldi.

Jangning birinchi raundini xotirjam o‘tkazishdi. Ikkinchi 5 daqiqalikda Islom Maxachev tezlikni oshirdi va tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. Uchinchi raundda Maxachev g‘alabaga yaqin kelgandi, ammo Ramos jang yakuniga qadar turib bera oldi.

Jang yakunidan so‘ng, xakamlar 29:27, 30:26, 30:26 hisoblarini Maxachevning foydasiga hal qilishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Islom Maxachev UFCdagi oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi