11:10 / 08.09.2019
2 985

Makgregor Nurmagomedov bilan Moskvada revansh jang o‘tkazmoqchiligini aytdi

Makgregor Nurmagomedov bilan Moskvada revansh jang o‘tkazmoqchiligini aytdi
Foto: Reuters
UFC’ning sobiq jahon chempioni irlandiyalik Konor Makgregor Moskvada rossiyalik yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedovga qarshi revansh jang o‘tkazmoqchi. Bu haqda sportchi Tvitterdagi sahifasida yozgan.

“Menga Moskvada revansh tashkillashtiring”, deb yozgan Makgregor Nurmagomedovning amerikalik jangchi Dastin Pore ustidan g‘alabasidan keyinoq.

Biroq irlandiyalik ushbu postiga aksar mazaxona izohlar olgan. Foydalanuvchilar uning rossiyalikka qarshi oktagonda munosib qarshilik ko‘rsata olishiga shubha bildirishgan. Shuningdek, irlandiyalikka uning brendi ostida ishlab chiqariluvchi viskini ichishdan bosh tortgan keksa kishini urgani ham eslatib qo‘yilgan.

7 sentyabrda Nurmagomedov Abu-Dabidagi musobaqa doirasida Porega qarshi o‘tkazgan jangida o‘z kamarini ikkinchi marotaba himoyalay oldi. U raqibiga qarshi 3-raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab, jangni muddatdan avval tugatgan. Rossiyalik sportchi kamarining birinchi himoyasini aynan Makgregorga qarshi jangda o‘tkazgan hamda raqibini 4-raundda mag‘lub eta olgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Makgregor Nurmagomedov bilan Moskvada revansh jang o‘tkazmoqchiligini aytdi