21:57 / 09.09.2019
2 437

Drulovich: "Mirjahondan boshqa, Bobir Abdixoliqov va Jasur Yaxshiboyev ham markaziy hujumda o‘ynay olishadi"

Drulovich: "Mirjahondan boshqa, Bobir Abdixoliqov va Jasur Yaxshiboyev ham markaziy hujumda o‘ynay olishadi"
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich Eronga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fiklarini bildirdi.
"Bugun qanday o‘ynaganimzni ko‘rdingiz va bu muxlislarni qoniqtiradigan o‘yin bo‘lgani shubhasiz. Yigitlar bugungi uchrashuvda mamlakati uchun qanday kurashish kerakligini ko‘rsatishdi. Muxlislar ko‘p bo‘lmagani odamni xafa qiladi, chunki shogirdlarim haqli g‘alabaga erishishdi. O‘yinni ko‘rgan ishqibozlar esa juda mamnun bo‘lishdi. Murabbiy sifatida ulardan qoniqdim. Mashg‘ulotlarda qilingan barcha rejalar ish berdi va natija ham yaxshi bo‘ldi", - deydi Drulovich.

- Markaziy hujumchi masalasida muammo bordek ko‘rinmoqda. Mirjahon Mirahmadovdan boshqa unga o‘rinbosar futbolchi topilmayapti. Superliganing yoshlar o‘rtasidagi o‘yinlarda seleksiya ishlarini olib borish rejangiz bormi? Har holda Superligamizda bunday yoshdagi hujumchilar asosiy tarkibda deyarli yo‘q...
- Bizda ajoyib raqobat bor. Mirjahondan boshqa, Bobir Abdixoliqov va Jasur Yaxshiboyev ham markaziy hujumda o‘ynay olishadi. Albatta, klub o‘rinbosarlari o‘rtasidagi o‘yinlarni ham kuzatamiz. Jamoalarda sifatli forvardlar bo‘lsa, albatta chaqiramiz. Afsuski, hozircha Bobir va Mirjahon darajasidagi hujumchilarni ko‘rmadik.

- Bobir Abdixoliqovning jamoadagi roli qanday?
- U jamoamizning asosiy futbolchisi. Uni qaysi pozitsiyada o‘ynatishimiz, kim bilan o‘ynayotganimizga bog‘liq. Ba’zida chap, ba’zida esa o‘ng qanotda sinab ko‘ryapmiz. U berilgan topshiriqlarni a’lo darajada uddalamoqda. Gollar urmoqda, to‘pni yaxshi nazorat qiladi, raqib himoyachilarini o‘zida ushlab turib, sheriklariga bo‘sh zonalar yaratib beradi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Drulovich: "Mirjahondan boshqa, Bobir Abdixoliqov va Jasur Yaxshiboyev ham markaziy hujumda o‘ynay olishadi"