22:00 / 11.09.2019
2 767

Usmon Toshev: "Eng muhimi uch ochko oldik va guruhda birinchi o‘rinni saqlab qoldik"

Usmon Toshev: "Eng muhimi uch ochko oldik va guruhda birinchi o‘rinni saqlab qoldik"
JCh-2022 saralashi doirasidagi Mo‘g‘uliston - Tojikiston (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Usmon Toshev va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Davronjon Ergashev o‘z fikrlarini bildirdi.
"Oson bo‘lmagan o‘yin o‘tkazdik. Mo‘g‘uliston juda yaxshi va kurashchan jamoa ekanini bilardik. Bugun bizda barcha narsa o‘xshamadi, ammo eng muhimi – uch ochko oldik va guruhda birinchi o‘rinni saqlab qoldik. Endi uyda Yaponiyaga qarshi juda og‘ir o‘yin kutmoqda. Ular Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Bu bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz", - deydi Usmon Toshev.

"Kuni kecha bizning Respublika Mustaqillik bayramini nishonladi va ushbu g‘alabani Tojikiston xalqiga bag‘ishlaymiz. Barcha muxlislarga rahmat aytaman. Qiyin o‘yin o‘tkazdik. Usmon Qudratovich uchrashuvdan oldin kurashni kim yutsa o‘sha jamoa yutishini aytgandi. Uch ochko olganimizdan xursandmiz. Bu eng muhimi", - deydi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Davronjon Ergashev.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Usmon Toshev: "Eng muhimi uch ochko oldik va guruhda birinchi o‘rinni saqlab qoldik"