22:22 / 11.09.2019
3 110

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi kechagi durangdan so‘ng nima dedi?

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi kechagi durangdan so‘ng nima dedi?
Saudiya Arabistoni terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichini durang bilan boshladi. Bahraynda o‘tkazilgan Yaman - Saudiya Arabistoni bahsi 2:2 hisobida yakun topdi.
O‘yindan so‘ng saudiyaliklar bosh murabbiyi Erve Renar shunday dedi:
- "Juda qiyin uchrashuvni o‘tkazdik. Birinchi taymda umuman o‘zimizni ko‘rsata olmadik. Lekin tanaffusdan keyin o‘zimizga keldik. Maqsad g‘alaba qozonish edi, lekin durang ham yomon emas. Faqat bir hafta jiddiy tayyorgarlik ko‘rib g‘alaba qozonmaslik alam qilyapti".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi kechagi durangdan so‘ng nima dedi?