20:44 / 14.09.2019
2 596

AGMK o‘z maydonida "Dinamo"dan ustun keldi

AGMK o‘z maydonida "Dinamo"dan ustun keldi
Olmaliq shahrida AGMK klubi "Dinamo"ni qabul qildi. Bahs 3:1 hisobida Mirjalol Qosimov shogirdlarining g‘alabasi bilan yakunlandi. 6-daqiqada Elguja Grigalashvili uchrashuvdagi hisobni ochdi, - 1:0.

Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida esa Elguja yana bir marotaba o‘zini ko‘rsatdi. Jarima zarbasidan so‘ng gruziyalik futbolchi raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, zaxiradan safga qo‘shilgan Jasur Hakimovning goli bilan tugadi, - 3:0.

87-daqiqada esa Amirjon Safarov chiroyli tarzda Suhrob Sultonov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi va oradagi farqni qisqartirdi, - 3:1. Shu tariqa, o‘yin 3:1 hisobida AGMK klubining g‘alabasi bilan yakunlandi.

AGMK – “Dinamo” 3:1
Gollar:
Elguja Grigalashvili 6, - 1:0. Elguja Grigalashvili 65, - 1:0. Jasur Hakimov 73, - 3:0 (Jasur Yaxshiboyev). Amirjon Safarov 87, - 3:1.

AGMK: Suhrobjon Sultonov, Erkin Boydullayev, Mirjamol Qosimov (Jasurbek Umarov, 66), Dilshod Jo‘rayev, Elguja Grigalashvili, San’at Shixov, Akmal Shorahmedov, Sardor Rahmonov, Igor Zonich, Jasur Yaxshiboyev (Murodjon Toshmatov, 75), Shahzodbek Nurmatov (Jasurbek Hakimov, 63).
Zaxira: Roman Abdulov, Mirg‘iyoz Sulaymonov, G‘ulom Haydar G‘ulomov, Saydullo Rahmatov, Boburbek Yuldashov, Vladislav Kasminin.

"Dinamo": Botirali Ergashev, Hakimxon A’lamxonov, Jasur Azimov, Qadamboy Nurmetov (Komil Sharofutdinov, 70), Bahodir Nasimov (Amirjon Safarov, 53), Bobur Qosimov, Sardorbek Eminov, Jasurbek O‘rinov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Obidjon Hakimov (Nizomjon Norov, 68), Shohruh Abdurahmonov.
Zaxira: Shohruh Eshbo‘tayev, Mirkomil Loqayev, Akmal Xolmurodov, Abbos Shodmonov, Siroj Hamroyev, Dilmurod Karimov.

Ogohlantirishlar: Jasur O‘rinov 55, Erkin Boydullayev 62, Hakimxon A’lamxonov 64, Sardor Rahmonov 77, Komil Sharofutdinov 90.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AGMK o‘z maydonida "Dinamo"dan ustun keldi