06:00 / 15.09.2019
2 603

Ro‘ziqul Berdiyev: 10 kishi qolgan "Qizilqum" bilan durang natija bizni qoniqtirmaydi

Ro‘ziqul Berdiyev: 10 kishi qolgan "Qizilqum" bilan durang natija bizni qoniqtirmaydi
“Qizilqum” – “Nasaf” (0:0) uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Ro‘ziqul BERDIYeV o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda "Qizilqum" matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Bugun ikki xil taymga guvoh bo‘ldik. Birinchi taymda “Qizilqum” ustunlik qilib turgandi. Ular bir kishi kam bo‘lib qolgach, ikkinchi bo‘limda to‘liq ustunlik qildik. Lekin raqib darvozasi oldida yigirmaga yaqin xavfli vaziyatlarni yaratdik, zarbalar berdik. Ba’zida omadimiz kelmagan bo‘lsa, ayrim vaziyatlarda darvozabon yaxshi harakat qildi.

Mezbonlar bir kishi kam bo‘lib qolishgach, asosiy e’tiborni himoyaga qaratishdi. O‘ylashimcha, ular eng to‘g‘ri yo‘lni tanlashdi. Chunki 10 kishi bo‘lib qolib bir ochkoni qo‘lga kiritish “Qizilqum” uchun muhim edi. Bu durang bizni qoniqtirmaydi. Chunki safarda to‘p tepsakda, bir bo‘lim raqibdan bir kishi ko‘p bo‘lib harakat qilib, gol ura olmadik. O‘yin oxiridagi vaziyat? Ha, biz shunday bo‘lishini sezgandik. Raqib asosiy e’tiborni himoyaga qaratib, o‘yin oxirida qarshi hujumda gol urib ketishi mumkin edi. O‘sha vaziyatda Muxtorov qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Lekin baxtimizga darvozabonimiz jamoani muqarrar goldan saqlab, bizni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi", - dedi Berdiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: 10 kishi qolgan "Qizilqum" bilan durang natija bizni qoniqtirmaydi