07:43 / 15.09.2019
2 317

Davron Fayziyev: "Olmaliqda qarshi hujumlar qurboniga aylandik"

Davron Fayziyev: "Olmaliqda qarshi hujumlar qurboniga aylandik"
Superliganing 19-turidan o‘rin olgan AGMK - "Dinamo" (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Davron Fayziyev o‘z fikrlarini bildirdi.
"Jadvalda yonma-yon turgan ikki jamoa o‘rtasidagi bahs guvohiga aylandik. Biz yana o‘z xatolarmiz tufayli jazolandik. Bugun qarshi hujumlar qurboniga aylandik desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Masalan, Grigalashviliga o‘xshagan futbolchi bizning jamoada yo‘q.

Ikkinchi davrani ketma-ket oltita mag‘lubiyat bilan boshladik. Ayni paytda meni o‘rnimda bo‘lishni hech kim xohlamasa kerak. Qiyin vaziyatdan chiqishga harakat qilamiz.
Sen urmasang senga urishadi, bu futbolning qoidasi. AGMKni haqqoniy g‘alaba bilan tabriklayman.

AGMKning qarshi hujumlaridan ehtiyot bo‘lishimiz kerakligini aytgandim. Birinchi gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin yigitlar futbol o‘ynashni boshlashdi. Birinchi taymning o‘zida biz mezbonlardan ko‘proq hujum tashkil qildik, ikkinch taymda ham biz hujumga o‘tdik, ammo golni AGMK urdi", - deydi Davron Fayziyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev: "Olmaliqda qarshi hujumlar qurboniga aylandik"