19:04 / 16.09.2019
3 230

2027 yilgi Osiyo Kubogi O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin

2027 yilgi Osiyo Kubogi O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin
OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa ayni paytda Toshkentda bo‘lib turibdi.
"Osiyo Kubogi-2027 katta ehtimol O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin. OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifaning yurtimizdagi tashrifi chog‘ida ushbu masala ham ko‘tarilishi mumkin. Ajoyib ish bo‘lardi. Katta musobaqa muhiti boshqachada baribir. Osiyo Kubogidan keyin esa musobaqa uchun barpo qilinadigan mehmonxona-yu, stadion va mashg‘ulot maydonlari, futbol infratuzilmasi bizga foydaga qoladi. Futbolga bo‘lgan munosabat, yondoshuv yangi pog‘onaga chiqadi. Shu boisdan ham Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish uchun qattiq harakat zarur", - deb yozadi Shahboz Beg‘amov telegramdagi o‘z kanalida.

Ma’lumot uchun, 2023 yilgi Osiyo Kubogi Xitoy mamlakatida bo‘lib o‘tadi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 2027 yilgi Osiyo Kubogi O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin