11:30 / 17.09.2019
3 174

O‘zbekistonlik 6 nafar bokschi chorak final uchun jang qiladi

O‘zbekistonlik 6 nafar bokschi chorak final uchun jang qiladi
Bugun, 17 sentyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining to‘qqizinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Ushbu kun doirasida o‘zbekistonlik 6 nafar bokschi chorak final yo‘llanmasi uchun bahs olib borishadi.

Soat 15:00dan boshlanadigan kunduzgi dasturda Shahobiddin Zoirov va Sanjar Tursunov, soat 19:00dan keyingi kechki dasturda esa Miraziz Mirzaxalilov, Bobousmon Baturov, Dilshod Ro‘zmetov va Bahodir Jalolov ringga ko‘tariladi.

O‘zbekiston boks terma jamoasi vakillarining bugungi raqiblari quyidagicha:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Azat Usenaliyev (Qirg‘iziston)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Sanjit Sanjit (Hindiston)

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Muhammad Hamout (Marokash)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Delante Jonson (AQSh)
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Andre Paul Aradoay (Ruminiya)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Sotne Rogava (Ukraina)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik 6 nafar bokschi chorak final uchun jang qiladi