Bugun Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining to‘rtinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasining yunon-rim kurashidagi vakillari, Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurat Tasmuradov (-60 kg) va Jalgasbay Berdimuratov (-77 kg) 2020 yilgi Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Tasmuradov uchinchi o‘rin va Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun kurash davomida dastlab ekvadorlik Andres Montanoni, keyin moldovalik Viktor Siobanuni mag‘lub etdi.
Endi u kechki dasturda bronza medali uchun kurashish imkoniyati va Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Jalgasbay Berdimuratov esa dastlab ukrainalik Volodimir Yakovliyevni, keyin litvalik Paulius Galkinasni yengdi va u ham kechki dasturda bronza medali uchun kurashish imkoniyati va Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. U medal uchun qozog‘istonlik Asxat Dilmuhammedov bilan bellashadi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi Tokio Olimpiadasi uchun yo‘llanmalari sonini 7taga yetkazdi.
Qayd etish kerakki, bu Tasmuradov uchun uchinchi Olimpiada yo‘llanmasidir. U 2012 yilda London va 2016 yilda Rio Olimpiadalarida ham ishtirok etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi