09:12 / 18.09.2019
2 697

YChL. «Barselona»da durang, «Liverpul» va «Chelsi»da mag‘lubiyat (video)

YChL. «Barselona»da durang, «Liverpul» va «Chelsi»da mag‘lubiyat (video)
Chempionlar Ligasining F guruhidan olgan «Borussiya» D – «Barselona» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hisob ochilmadi. O‘yin davomida xavfli vaziyatlar yaratish borasida mezbonlar ustunlik qilishdi, ammo ko‘p vaziyatlarda ter Shtegen kataloniyaliklar joniga oro kirdi.

Jumladan, ikkinchi bo‘limda mezbonlar hujumchisi Marko Roysning penaltidan tepgan to‘pini ham germaniyalik posbon qaytarishga erishdi. E’tiborlisi, Lionel Messi jarohatidan so‘ng ilk bor maydonga tushdi.

Е guruhida amaldagi chempion «Liverpul»mehmonda «Napoli»ga mag‘lub bo‘ldi. Qizig‘i, o‘tgan yili ham mersisaydliklar Neapoldan ochkosiz qaytishgandi. Guruhning ikkinchi o‘yinida esa «Red Bull» «Genk» ni tor-mor etdi.

N guruhida «Chelsi» o‘z uyida «Valensiya»ga mag‘lub bo‘ldi, Barkli penaltidan foydalana olmadi. «Ayaks» esa «Lill» ustidan yirik hisobda g‘alaba qrzondi.

G guruhining ilk turida "Lion" va "Zenit" klublari o‘zaro kuch sinashib, 1:1 hisobida durang o‘ynashdi. Guruhning keyingi juftligi bahsida "Benfika" o‘z maydonida "Leypsig"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

YChL, 1-tur
E guruhi

Napoli – Liverpul 2:0
Gollar:
Mertens (82, penalti), Lorente (90+2).
Napoli: Meret, Mariu Ruy, Di Lorenso, Kulibali, Manolas, Kalexon, Allan (Elmaz, 76), Losano (Lorente, 69), Fabian Ruis, Insine (Zelinski, 68), Mertens.
Liverpul: Adrian, Aleksander-Arnold, Matip, Robertson, van Deyk, Xenderson (Shakiri, 87), Milner (Veynaldum, 68), Fabino, Mane, Firmino, Salax.
Ogohlantirishlar: Robertson (57), Milner (61).

Red Bull – Genk 6:2
Gollar:
Xoland (2, 34, 45), Xvan Xi (36), Soboslai (45+1), Ulmer (66) – Lukumi (40), Samatta (52).

F guruhi

Borussiya – Barselona 0:0

Amalga oshirilmagan penalti: Roys (56).
Borussiya D: Byurki, Akanji, Xummels, Xakimi, Gerreyru, Dileyni, Sancho, Azar (Brandt, 73), Vitsel, Roys, Alkaser (Larsen, 87).
Barselona: ter Shtegen, Semedu, Alba (Roberto, 40), Langle, Pike, Buskets (Rakitich, 60), de Yong, Artur, Fati (Messi, 59), Grizmann, Suares.
Ogohlantirishlar: Dileyni (15), Azar (47), Pike (50), Semedu (55), Rakitich (70).

Inter – Slaviya 1:1
Gol:
Barella (90+2) – Olayinka (63).

G guruhi

Lion – Zenit 1:1
Gollar:
Depay (51, penalti) – Ozmun (41).

Benfika – Leypsig 1:2
Gollar:
Seferovich (84) – Verner (69, 78).

N guruhi

Chelsi – Valensiya 0:1
Gol:
Rodrigo (74).
Amalga oshirilmagan penalti: Barkli (88).
Chelsi: Arrisabalaga, Aspilikueta, Zuma (Jiru, 73), Tomori, Alonso, Maunt (Pedro, 16), Jorjino, Villian, Kovachich (Barkli, 80), Kristensen, Abraxam.
Valensiya: Sillessen, Gabriel Paulista, Gayya, Garay, Vass, Kondogbia, Koklen, Parexo, Cherishev (Diakabi, 90), Gameyro (Gomes, 70), Rodrigo (Li In Kan, 90).

Ayaks – Lill 3:0
Gollar:
Promes (18), Alvares (50), Talyafiko (62).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YChL. «Barselona»da durang, «Liverpul» va «Chelsi»da mag‘lubiyat (video)